Green Card 2027 qachon ochiladi? So'nggi yangiliklar

Yangilangan: 2026-10-19 · GreenYordam jamoasi

DV-2027 Green Card lotereyasi bo'yicha eng so'nggi holat — bitta sahifada. Biz bu sahifani har kuni, rasmiy e'lon chiqishi bilan esa darhol yangilaymiz.

Holat (19-oktyabr): Davlat departamenti ro'yxatdan o'tish sanalarini hali e'lon qilmagan. Rasmiy sayt dvprogram.state.gov hozircha ariza qabul qilmayapti.

Nima bo'ldi?

DV-2027 ro'yxati odatdagidek 2025-yil kuzida ochilmadi. 2026-yil 14-oktyabrda AQSh federal sudi (Red Eagle Law v. Rubio ishi) Davlat departamentini lotereyani o'tkazishga majbur qildi.

Muhim sanalar

Hukumat qarorga e'tiroz bildirsa, sanalar o'zgarishi mumkin. Aniq sanani faqat rasmiy sayt e'lon qiladi.

Hozir nima qilish kerak?

  1. Qatnasha olishingizni tekshiring — 30 soniyalik test.
  2. Amaldagi qizil (xorijga chiqish) pasportingiz borligiga ishonch hosil qiling — DV-2027 da majburiy (batafsil). Yo'q bo'lsa, hoziroq rasmiylashtiring.
  3. Talabga mos rasm tayyorlang (rasm talablari).
  4. Xohlasangiz, anketani to'ldiring — ro'yxat ochilgan kuni navbat bo'yicha topshiramiz. Hozir to'lash shart emas.

Ehtiyot bo'ling

Ro'yxat ochilmaguncha hech kim — biz ham — anketani rasmiy saytga topshira olmaydi. "Allaqachon topshirdik" yoki "imkoniyatingizni oshiramiz" deganlarga ishonmang. G'oliblar rasmiy sayt orqali natijani o'zi tekshiradi (firibgarlik belgilari).

Ro'yxat ochilgan zahoti xabar olishni xohlaysizmi? Anketani hozir qoldiring — ochilgan kuni sizga yozamiz.

Green Card uchun ro'yxatdan o'tish O'zbek tilida · ~3 daqiqa · hozir to'lash shart emas

✅ Qatnasha olamanmi? — 30 soniyalik test